Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida kutilayotgan NAVRO'Z sayli


Navro'z! hamma talabani orziqib kutayotgan bayrami. Bu bayram aytishlaricha ob-havoda yog'imgarchilik kutilayotgani sababli, kechiktirilgan. Navro'z bu so'zning ma'nosi nima? qaysi tildan olingan degan savollar tug'ilishi mumkin albatta.
Navro'z so'zi fors tilidan olingan bo'lib "Yangi kun" degan ma'noni anglatar ekan. Dastlab, Navro'z  bayramini o'tkazish o'troq dehqonlarda rasm bo'lgan keyinchalik ular orqali yarim o'troq ko'chmanchi turkiy xalqlarining ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar o'tishi bilan turli xalqlarda   Navro’z bayramini o’tkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro’zni bayram qilish axomaniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan.  Mana endi biz ham Navro'z bayramini nishonlash uchun tayyorgarlik ko'rayapmiz. Navro'z bayaram har galgidanda ko'ngil ochar va qiziqarli surprizlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Navro'z bayramida men hohlardimki turli hildagii ko'ngil ochar va zamonaviy raqslar, milliy ovqatlarimiz, milliy liboslarimiz kolleksiyasi bo'lishini hohlardim. Bu albatta mening hohishim o'ylaymanki bu borada albatta talabalar o'rtasida so'rovnoma o'tkazib, talabalarni ham fikrini bilish kerak deb o'yliman.

Комментарии