“Universitetning eng yaxshi pedagogi” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari aniqlandi


Menejment fakulteti tomonidan “Universitetning eng yaxshi pedagogi” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar “Iqtisod” va “Gumanitar fanlar” ta'lim sohalari bo‘yicha “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi”, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordilar.
Tanlovda jami 8 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ular “Pedagogik konsepsiya” shartida pedagogik konsepsiyalari, ya'ni zamonaviy ta'lim taraqqiyotiga mos ravishda o‘quv faoliyatiga tayyorgarligi, ta'limda umuminsoniy g‘oyalarning targ‘ib qilinganligini taqdimot qilib berishdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tanlovda “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha o‘z ta'lim sohalari bo‘yicha Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi Munira Azlarova, “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha “Kadrlar menejmenti” kafedrasi assistenti Ixtiyor Danabaev va “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Toji Norov, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha “Menejment” kafedrasi dotsenti Gulbahor Xodjamurotova va  “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulchexra Xoshimova g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Tanlovning fakultet bosqichi komissiyasi xulosasiga ko‘ra, g‘oliblar universitet bosqichiga yo‘llanma oldilar. G‘oliblarga va faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muallif: Rustamov Abdulbori

Комментарии